
MYu: Katta transferga bir qadam qoldi
“Manchester Yunayted” o‘zi orzu qilayotgan “Borussiya” etakchisi Jeydon Sanchoni qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi.
Aslida tomonlar bu transferni 75 million funt evaziga hal qilishga kelishib olgani aytilmoqda. Biroq, dortmundliklar manchesterliklardan bu summaga 6 million funt va 2,5 million funt miqdorida bonus qo‘shishni talab qilyapti.
Agar MYu xo‘jayinlari umumiy hisobda 8,5 million funtning bahridan o‘tolsa, Sancho kelasi mavsumni “Manchester Yunayted” tarkibida boshlaydi.
Shuningdek, Sanchoning o‘zi manchesterliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan va tomonlarning bir qarorga kelishini kutyapti.
Fikrlar