MYu klub prezidenti xavfsizligidan xavotirda
The Times nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadigan uy uchrashuvlari vaqtida klub vitse-prezidenti Ed Vudvordning xavfsizligini kuchaytirmoqchi.
Bir necha oydan buyon "qizil iblislar" muxlislarining klub boshqaruviga noroziliklari kuchayotgani sababli rahbariyat shunday qarorga kelgan, deyiladi manba xabarida.
Oldinroq, klubning bir qator muxlislari vitse-prezidentning o‘yiga xujum qilgan va o‘sha kuni kechga yaqin esa mankunianliklar uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Bruno Fernandesh transferini e’lon qilgan edi.



Fikrlar