MYu Lukakuni qanchaga baholamoqda?

  • 21 iyun, 2019, 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Romelu Lukakuni 85 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Biroq, yuqoridagi manbaaga ko‘ra hozircha birorta klub 26 yoshli belgiyalik futbolchi uchun “qizil iblislar” so‘rayotgan mablag‘ni taklif qilmagan. Aytish kerakki Lukaku uchun asosiy da’vogar “Inter” hisoblanadi. Ammo, “neradzurrilar” ham uning transferi uchun 85 mln evro sarflamoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Lukaku MYu safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum APLda 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!