
MYu muxlislari Sancho transferini bir yarim yil kutishlari mumkin
"Manchester Yunayted" "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning transferini keyingi yil yozida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Bunga koronavirus ortidan kelib chiqayotgan moliyaviy yo‘qotishlar sabab, MYu rahbariyati "Borussiya"ning 100 million evroli talabini qondira olmasligi mumkin. Shuning uchun Sanchoni qo‘lga kiritish rejalari 2021 yil yoziga qoldiriladi.
Bundesliga joriy mavsumida angliyalik futbolchi "asalarilar" libosida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 15 ta asist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar