MYu nazari tushgan futbolchining narxi birdan oshib ketdi

  • 14.11.2020 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Sporting” klubi “Manchester Yunayted” qiziqish bildira boshlagan yosh himoyachi Nunu Mendeshning narxini oshirishga qaror qildi.

Lissabonliklar 18 yoshli futbolchi bilan shartnomani yangilab, uning transfer summasini 40 milliondan 62 million funtga ko‘taradigan bo‘ldi.

Portugaliyaning eng istiqbolli o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Mendesh yuqori divizionda o‘tgan mavsumda debyutini nishonlagan edi. Shundan beri jami 16 ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachi bitta gol urishga ham erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!