
MYu o‘z tarixidagi rekord transferni amalga oshirmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi yozgi transferlar mavsumida “Latsio” a’zosi Sergey Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mankunianliklar mazkur transferga o‘zi uchun rekord mablag‘ taklif qilmoqchi.
Metro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, MYu serbiyalik futbolchi uchun 109 million evro to‘lashga tayyor.
MYu rahbariyati 23 yoshli o‘yinchini Maykl Kerrik va Maruan Fellainiga o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Kerrik faoliyatini yakunlash arafasida turgan bo‘lsa, belgiyalik futbolchi jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar