MYu Pogbani “Real”ga arzonlashtirgan narxda sotadigan bo‘ldi

  • 6 noyabr, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Iste’dodli yarim himoyachi Pol Pogbaning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati yakuniga etayotgan ko‘rinadi.

Klub frantsiyalik futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmadi va yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishiga qarshilik ham qilmaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar bir necha yil oldin 105 million evroga xarid qilingan Pogbani “Real”ga 54 million funtga sotishga rozilik bergan. Bu futbolchiga madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Pogba joriy mavsumda premer-ligada oltita uchrashuvda maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Biroq, ayrim uchrashuvdagi xatolari jamoaga qimmatga tushganini ham ta’kidlash joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998915993686
06/11/2020 15:18
Shu Pogbani dindoshimiz bòlgani uchun hurmat qilaman lekin futbolchilikda nuqul qovuchilik qiladi tormoz.