MYu Pogbaning narxini pasaytiradi

  • 19.03.2020 18:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning narxini tushirishga qaror qildi.

The Sun nashrining yozishicha “qizil iblislar” 27 yoshli futbolchini yozgi transferlar davrida sotib yuborishmoqchi va uning dastlab e’lon qilingan 190 million evrolik narxini 85 milliongacha tushirmoqchi.

Pogba uchun asosiy da’vogar "Yuventus" klubi hisoblanadi. U hozirda jarohatidan davolanish jarayonida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!