
MYu "Qatar-2022"da xet-trik qilgan hujumchi uchun katta pul sarflashga tayyor
"Manchester Yunayted" "Benfika" hujumchisi Gonsalu Ramushni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor, deya xabar bermoqda "The Sun" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" rahbariyati uni Evropaning eng iste’dodli straykerlaridan biri, deb hisoblaydi va u uchun 69 million evro to‘lashga tayyor. Aslida, mankunialiklar uni qishki transfer oynasidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor edi. Biroq moliyaviy muammolar tufayli ular Vaut Vegorstni ijaraga olishga majbur bo‘lgan.
U o‘tgan mavsum "Benfika" safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol hamda 12 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar