
MYu qishda katta transferga qo‘l urmoqchi
Angliya premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Manchester Yunayted” qishda katta transferni amalga oshirmoqchi.
Manchesterliklar “Leyptsig” markaziy himoyachisi Dayot Upamekanoni olish uchun yozgi transferlar vaqtigacha kutmaydigan bo‘ldi. Yozda frantsiyalik futbolchini 42 million evroga sotib olishning imkoni bo‘ladi.
MYu rahbariyati bu futbolchini olishda o‘ziga raqobat qilayotgan jamoalarni ortda qoldirish maqsadida bu transferni ko‘proq to‘lashga to‘g‘ri kelsa ham qishda amalga oshirmoqchi. Hozircha, Bundesliga jamoasi manchesterliklarning fikriga javob qaytargani yo‘q.
Fikrlar