MYu Rangnik o‘rniga APLdan murabbiy topdi

  • 6 mart, 2022, 15:59
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyligi uchun yangi nomzod paydo bo‘ldi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda. 

Sautgempton" ustozi Ralf Xazenxyuttl "qizil iblislar" murabbiylik postini egallash uchun da’vorgarlar qatorida bo‘lib turibdi. 

Mankunialiklar yozda Rangnik o‘rniga Mauritsio Pochettino yoki Erik ten Xagni olib kelishni rejalashtiryapti. Xazenxyuttl yuqoridagi ikki mutaxassis kelmagan taqdirda, zaxira varianti hisoblanadi.  

Ma’lumot o‘rnida, avstriyalik sobiq futbolchi qo‘l ostida to‘p tepayotgan "Sautgempton" jamoasi ayni vaqtda APL turnir jadvalining 9-pog‘onasini band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!