
MYu "Real"ning g‘alabalari "kalit"ini olib kelmoqchi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
ESPN manbasining yozishicha, "Manchester Yunayted" italiyalik mutaxassisni olib kelmoqchi. Ingliz klubi Anchelotti jamoani qisqa muddatda yuqori o‘rinlarga olib chiqishiga ishonmoqda. Shuningdek, murabbiy "qizil iblislar" afsonasi Ser Aleks Fergyuson bilan ham ancha yaxshi munosabatlarga ega.
Karloning katta tajribasi ham bu kelishuv amalga oshishiga turtki berishi kutilyapti. Boisi, 62 yoshli mutaxassis "Chelsi" bilan APLda, "Milan" boshqaruvida Evropa Chempionlar ligasida bosh sovringa ega chiqqan.
Anchelotti joriy mavsum avvalida "Everton"dan "Real"ga keldi va madridliklar bilan Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, "qirollik klubi" EChL nimchorak finaliga yo‘l oldi va La Liga peshqadami bo‘lib turibdi.
Fikrlar