MYu Ronalduga 3 nafar o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 25 oktabr, 2022, 15:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu qishki transfer oynasida “Manchester Yunayted”ni tark etishi ehtimoli katta. 37 yoshli hujumchining jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan munosabatlari keskin ko‘rinish olmoqda. Niderlandiyalik mutaxassis forvardni zaxira o‘yinchisiga aylantirdi, bu esa Krishtianuga yoqmayapti.

"The Mirror" nashri jurnalistlarning yozishicha, "Manchester Yunayted" Ronalduga o‘rinbosar sifatida 3 nafar futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda: Patrik Shik ("Bayer"), Mussa Dembele ("Lion") va Jonatan Devid ("Lill"). Agar portugaliyalik futbolchi "qizil iblislar" safini tark etsa, klub mazkur futbolchilardan birining transferini amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianuning “qizil iblislar” bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!