MYu Ronalduni ortda qoldirayotgan etakchini xarid qilmoqchi

Calciomercato xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirib olishni maqsad qilgan va bu borada, inglizlar "Latsio" forvardi Chiro Immobilening xizmatlarini yuqori baholashmoqda.

MYuga ushbu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Sababi, 30 yoshli futbolchi va Rim klubi hamkorlikda ishlashda davom etishni rejalashtirishgan.

Immobilening italiyaliklar bilan 2023 yilning yoziga qadar amal qiluvchi shartnomasi bor. A Seriyaning joriy mavsumida hujumchi 26 ta bahs o‘tkazib, 27 ta gol urishgan erishgan va to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!