
MYu Sanchoga bergan va’dasini bajarmagan
"Manchester Yunayted" Jeydon Sancho transferi payti 7-raqamni va’da qilgan, ammo fikridan qaytgan.
"The Athletic" xabariga ko‘ra, transfer muzokaralari chog‘ida MYu 7-raqamni vingerga va’da bergan. Ammo transfer oynasi oxirida Krishtianu Ronalduning transferi tufayli klub fikrini o‘zgartirgan.
Ma’lumot uchun, Sancho "Yunayted"ga kelganidan buyon 25-raqam ostida harakat qilmoqda.
Fikrlar