MYu Smollingning narxini e’lon qildi

  • 07.03.2020 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Roma" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smollingni sotib olish istagini bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra MYu 30 yoshli angliyalik futbolchini 29 million evro evaziga “bo‘rilar”ga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, "Roma" Smolling uchun buncha mablag‘ to‘lamoqchi emas va shu bois ushbu transferdan voz kechmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” Kris Smollingni mavsum boshida bir yilga ijaraga olgan edi. U joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!