MYU sobiq futbolchisi APLga qaytishi mumkin
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Meyson Grinvud yana APLga qaytishi mumkin. Bu haqida "Fichajes" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining xizmatlariga APLning ikki grandi "Liverpul" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. Forvard joriy mavsum "Marsel" safida harakat qilayapti. Ma'lum bo‘lishicha, Frantsiya klubi Grinvud transferidan 90 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu holatda MYu kelishuv summasining 50 foizi miqdorida kompensatsiya oladi.
Angliyalik futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Meyson joriy mavsum Frantsiya klubi safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol kiritdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar