MYu sobiq yulduzini qaytarmoqchi

  • 3 aprel, 21:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" sharafini himoya qilayotgan David De Xea Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda "Deadline News" xabar bermoqda.

"Manchester Yunayted" uni yozgi transfer oynasida qaytarishga harakat qiladi, chunki klub rahbariyati uni qo‘yib yuborish xato bo‘lgan deb hisoblamoqda. Eslatib o‘tamiz, De Xea 2011 yildan 2023 yilgacha "qizil iblislar" sharafini himoya qilgan.

2024 yil yozida u "Fiorentina"ga o‘tib, 2025 yil iyunigacha shartnoma imzolagan. Joriy Italiya chempionatida 34 yoshli darvozabon 27 o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol o‘tkazib yuborgan. "Transfermarkt" portali Davidni 5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!