MYu trebl qayd etgan futbolchini nishonga oldi

  • 17 dekabr, 2020, 20:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich faoliyatini "Tumanli Albion"da davom ettirishi mumkin. "Corriere dello Sport" ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi xizmatiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Qizil iblislar" bir necha yildan beri xorvatiyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib kelardi. Ammo har safar muzokaralar oxiriga etmay qolgan. Endi Perishich milanliklar asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi va yangi chaqiruvlarga tayyor.

Joriy mavsum Ivan "neradzurri"lar libosida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. O‘tgan mavsum u ijara asosida "Bavariya" sharafini himoya qildi va trebl qayd etishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!