
MYu va "Arsenal"ning nigohi bir futbolchiga tushdi
Angliyaning ikkin grandi - “Arsenal” va “Manchester Yunayted” 20 yoshli yarim himoyachi Gabri Veyga uchun kurash boshladi.
AS nashrining yozishicha, Ispaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblangan Veyga huquqiy jihatdan “Selta” futbolchisi hisoblanadi. U 11 yoshida vigoliklar safiga kelib qo‘shilgan va 2020 yilning sentyabrida asosiy jamoada debyut qilgan.
Veyga joriy mavsum “Selta” tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Bu borada u faqatgina jamoaning uzoq yillik etakchisi Iago Aspasdan ortda qolyapti xolos.
Fikrlar