MYu va "Inter" qishda "Bavariya" hujumchisini sotib olishga urunib ko‘radi

  • 24.10.2019 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller davralar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda SportBild nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli nemis futbolchisiga “Manchester Yunayted” va “Inter”dan qiziqishlar mavjud. Aytish kerakki, “neradzurrilar” Myuller masalasida o‘tgan yozgi transferlar davrida myunxenliklar bilan aloqaga chiqqan, endi ular futbolchining xohishidan foydalanib yana bir bor uni sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Myuller joriy mavsum Bundesligada jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!