MYu Varanni 500 mln evroga sotib olishi mumkin

  • 24.06.2019 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi o‘zining frantsiyalik himoyachisi Rafael Varanni "Manchester Yunayted"ga sotishni xohlamadi. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchining transferi masalasida “qirollik klubi”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilishgan, ammo rad javobini olishgan. Aniqrog‘i, madridliklar Varan sotilmasligini aytishgan.

Endi MYu Varanni faqatgina bir yo‘l bilan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Gap shundaki, premer-liga grandi frantsuz futbolchisi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 500 mln evro tovon pulini to‘lash evaziga u bilan shartnoma imzolashi mumkin. Biroq, buning imkonsiz ekanligini inobatga olsak, Varan yangi mavsumni ham “Real”da o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Varan o‘tgan mavsum “Real” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!