MYu yangi shartnoma bo‘yicha Pogba bilan muzokaralarni boshladi

  • 9 iyul, 2020, 12:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogba bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaga ko‘ra, klub 27 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlagan. Ayni vaqtda Pogba mutasaddilari MYudan dastlabki taklifni kutmoqda.

Joriy mavsumda Pogba 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!