MYu yozda 5 nafar futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda

  • 4 aprel, 2019, 19:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa rahbariyatidan yozgi transferlar davrida tarkibni kuchaytirishni so‘radi.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra norvegiyalik mutaxassis mavsumlar oralig‘ida o‘ng qanot va markaziy himoya, shuningdek yarim himoya (2ta) va hujum (1ta) chiziqlarini yangi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qizil iblislar” himoyachi Aaron Uan-Bissaka ("Kristal Pelas"),  yarim himoyachilar Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund), Saul Niges, Rodri Ernandes, Toma Parti (barchasi - "Atletiko"), Filippe Koutino ("Barselona") va hujumchi Duglas Kostalarga ("Yuventus") qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!