
MYu yozda "Yuventus" himoyachisini sotib olishga urunib ko‘rmoqchi
"Yuventus" himoyachisi Joau Kanselu "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar 24 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urinib ko‘rishmoqchi. O‘z navbatida esa “keksa sinora” portugaliyalik futbolchisini 60 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, Kanseluga shuningdek “Manchester Siti” ham jiddiy qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Joau Kanselu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar