
MYuga qarshi muhim o‘yin oldidan "Liverpul" muxlislari uchun xushxabar!
"Liverpul" himoyachisi Joel Matip jarohatidan tiklandi va APL doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi muhim o‘yin oldidan safga qaytdi.
Mersisaydliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, Matip cheklovlarsiz mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Avvalroq, "qizillar" himoyachilari Van Deyk va Jo Gomeslar ham jarohat olgandi. Shu sababli, Klopp noilojlikdan himoyada hattoki, Fabino va Xendersonni ham o‘ynatishga majbur bo‘lgandi.
Fikrlar