MYuga Ronaldudan ko‘p gol urayotgan hujumchi keladi

  • 5 yanvar, 2022, 20:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati “River Pleyt” hujumchisi Xualin Alvaresni xarid qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Manchesterlik mutasaddilari argentinalik to‘purar agentlari bilan bog‘lanib, futbolchini Angliya premer-ligasiga taklif qilgan. Ular iste’dodli o‘yinchi bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolashni istamoqda.

Bu transfer amalga oshishi uchun manchesterliklar “River Pleyt”ga 20 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi va bu summa klub xo‘jayinlarini to‘liq qoniqtiradi.

Xulian Alvares joriy mavsumda to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelmoqdayu. U Argentina chempionatida 21 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qildi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati bu hujumchi jamoa yulduzi Krishtianu Ronalduga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!