Myuller: Qur’a natijalari meni qanoatlantirdi

  • 16.12.2019 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bundan biroz avvalroq UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra “Bavariya” bu bosqichda “Chelsi”ga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Myunxenliklar hujumchisi Tomas Myuller bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz kim bilan ro‘baro bo‘lganimizni bilamiz. Bu Evropaning top klublaridan biri bo‘lishini kutgandik. Biz o‘zimizga ishonamiz. Shaxsan men qur’a natijalaridan qoniqdim.

“Chelsi”da Xandson-Odoi va Pulishich kabi xavf tug‘dira oladigan futbolchilar bor”, - deydi Myuller UEFA  rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!