Myullerga MLS va Saudiya chempionatidan taklif bor

  • 10 may, 2023, 15:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller kelasi mavsumda faoliyatini boshqa qit’ada davom ettirishi mumkin. Oldinroq jurnalist Kristian Falk germaniyalik futbolchisi Myunxen klubini tark etish haqida o‘ylayotganini aytgandi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, futbolchiga allaqachon MLS va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar tushgan.

Falkning so‘zlariga ko‘ra, Myuller "Bavariya"ning keyingi murabbiyiga asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq ekanligini isbotlashdan charchagan. MLS va Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishiga qaramay, Tomasning o‘zi o‘z uyida Evro-2024ga tayyor bo‘lish uchun hech bo‘lmaganda keyingi mavsumda Evropada qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, Myullerning "Bavariya" bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!