
MYuning 5 futbolchisi "Norvich"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Norvich"ga qarshi o‘yin oldidan jamoada jiddiy muammo borligini aytib o‘tdi. Aytishicha, tarkibdagi 5 nafar futbolchi ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi.
"Besh futbolchimiz yana jarohat sabab muhim o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Fred, Maktominey va Varan hali safga qaytmagan.
Lyuk Shou ham yuqoridagi futbolchilar bilan bir qatorda. Katta ehtimol bilan u uchun mavsum yakunlandi. Sababi, Lyuk tez orada jiddiy operatsiyadan o‘tishi kerak.
Shuningdek, Kavanida ham jarohat bor", - dedi germaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, MYu - "Norvich" uchrashuvi ertaga 19:00da start oladi.
Fikrlar