
MYuning muhim qarori
“Manchester Yunayted” rahbariyati yosh darvozabon Din Xendersonga imkoniyat berish maqsadida u bilan yangi shartnoma imzoladi.
Endi 2025 yilning yozigacha manchesterliklar safida qoladigan golkiper asosiy tarkib uchun ispaniyalik David de Xea bilan raqobatlashadi. Shu paytgacha ijara asosida “Sheffild” darvozasini qo‘riqlagan Din ishonchli o‘yinlari bilan qator klublardan taklif olayotgan edi. Sulsher yangi mavsumda unga imkon berishga qaror qildi.
23 yoshli darvozabon o‘tgan mavsumda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar