
MYuning so‘nggi urinishi ish beradimi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Borussiya” yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni olishdan umidini uzgani yo‘q.
Manchesterliklar bu transfer bo‘yicha so‘nggi taklifini tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, inglizlar o‘z hamyurtlari uchun nemis klubiga 90 million funt va’da qilmoqda. Bu summadan 75 millioni birdaniga o‘tkazib beriladi. Qolgan 15 million bonuslar ko‘rinishida vaqt o‘tishi bilan to‘lab boriladi.
“Borussiya” esa 20 yoshli futbolchi uchun 108 million funt talab qilmoqda va anchadan buyon davom etayotgan muzokaralarda bu narx pasaytirilmasligini ta’kidlayapti.
“Manchester Yunayted” so‘nggi urinishida ham Sanchoni qo‘lga kirita olmasa, 5 oktyabrga qadar alternativ variantlardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar