
MYuning yangi forvardi Nigeriyada bolalar uyi uchun bir million funt ajratgan
Odion Igalo joriy mavsumning qolgan qismini "qizil iblislar" safida ijara asosida o‘tkazadi. Bu haqida oldinroq xabar berib o‘tgan edik.
Asli Nigeriyada tug‘ilib katta bo‘lgan futbolchi o‘z mamlakatiga ko‘pincha xayriya ishlari maqsadida pul yuborib mahalliy aholiga yordam berib turadi.
Shunday ishlaridan biri, Igalo Nigeriyada bolalar uyini qurish uchun 1 million funt (taxminan 1 million 300 ming dollar) xayriya qilgan ekan. Ushbu bolalar uyi 2017-yilda mamlakatning port shaxri hisoblangan Lagosning shimoliy chekkasidagi qashshoq tumanida ishga tushgan.
Futbolchi bu ishni unga qilingan yaxshiliklarga javob o‘rnida qaytarayotganini aytib o‘tgan.
Mehribonlik uyida 30-40 atrofidagi bolalarga boshpana beriladi va unda o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida xonalar mavjud.
Fikrlar