MYuning yangi murabbiyi jamoaga "Real" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 11 noyabr, 2024, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Gap shundaki, bosh murabbiylikka Ruben Amorim tayinlangach, Rodrigo mankunianliklarning asosiy transfer nishonlaridan biriga aylanadi.

Braziliyalik futbolchining Madrid grandi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali uning narxini 110 million evroga baholamoqda.

Rodrigo joriy mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Real" esa La Liga musobaqa jadvalida "Barselona"dan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!