
Nabil Fekir yangi mavsumda "Lion"ga sardorlik qiladi
Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir yangi mavsumda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushadigan bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Bruno Jenezio bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Lion"ning yangi mavsumdagi sardori Nabil Feker bo‘ladi. Aynan u jamoamizni tark etgan bir qator etakchi futbolchilarning rolini o‘z zimmasiga ola biladi.Ushbu vazifa uchun tajribali futbolchining tayinlanishi muhim", - deydi Jenezio.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Fekir "Lion" safidagi o‘zining ilk uchrashuvini 2013 yilning 31 avgustida o‘tkazgan.
Fikrlar