"Nagelsmann "Real"ni boshqarishi mumkin"
"RB Leyptsig" rahbariyati vakili, yaqindagina "Milan" bosh murabbiyligini qo‘lga olishi bekor bo‘lgan Ralf Rangnik Yulian Nagelsmann haqida fikr bildirdi.
"Ishonamanki, Yulian "Real"ni boshqara oladi. Menimcha, bu sodir bo‘lmaydigan ish emas. U kattaroq jamoada ishlab ko‘rishni istasa, klub to‘sqinlik qilmaydi", - dedi nemis mutaxassisi "Bild" nashriga bergan intervyusida.
Nagelsmann murabbiyligi ostidagi "RB Leyptsig" UEFA Chempionlar Ligasi joriy mavsumida yarim finalgacha etib kelib, klub rekordini o‘rnatdi.
Fikrlar