Nahotki! Gvardiola "Siti"dan ketishi haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ketganimda jamoada hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Men bunga ishonaman.
Rahbariyat nima qilish kerakligini yaxshi biladi. Ular ertaga ham, Jahon chempionati, kelasi mavsum va undan keyingisida ham to‘g‘ri qaror chiqarishiga shubha qilmayman.
Qachon klub bitta insonga bog‘lanib qolsa, u erda muammo paydo bo‘ladi. Bu beqarorlikni keltirib chiqaradi.
"Manchester Siti" loyihasi ko‘p insonlar tomonidan bunyod etilgan. Agar jamoa faqat menga bog‘liq bo‘lib qolsa, biz ishlayotgan davrimiz samarasiz o‘tganini anglatadi. Mendan keyin ham "shaharliklar" kuchli bo‘lib qolishi kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar