Nainggolan 2 ta klubdan bo‘lgan taklifni rad etdi

  • 09.07.2019 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan jamoadan ketishni xohlamayotgan ko‘rinadi.

FC Inter News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi "Galatasaroy" va Xitoyning "Tszyansu Sunin" klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “neradzurrilar” bosh direktori Nainggolan va Ikardi ularning yangi mavsum rejalariga kirmasligini ochiq aytgan edi.

Ma’lumot uchun, “Inter” Nainggolanni bundan bir yil muqaddam 38 mln evro evaziga “Roma”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!