Nainggolan "Fiorentina"ga qarshi o‘yinda 3 ta assistlik qildi va gol ham urdi

  • 10 noyabr, 2019, 18:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 12-turida "Kalyari" o‘z maydonida "Fiorentina" klubini qabul qilib, 5:2 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Uchrashuvda mezbonlar yarim himoyachisi Raja Nainggolan 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va bitta gol ham urishga erishdi.

Belgiyalik 16-daqiqada Marko Rog, 34-daqiqada Jovanni Simeone va 54-daqiqada Joao Pedro kiritgan gollarga assistentlik qildi.

Bundan tashqari, 65-daqiqada Luka Chigarini tomonidan uzatilgan to‘pni Nainggolan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!