Nainggolan "Milan"ga qarshi bahsda tishidan ayrildi (foto)

  • 26 fevral, 2018, 10:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan kecha bo‘lib o‘tgan “Milan”ga (0:2) qarshi bahsning debyutidayoq tishidan mosuvo bo‘ldi.

Tecno

Aniqrog‘i, “rossonerilar” xavbeki Frank Kessie havodagi kurashda belgiyalik futbolchiga kutilmaganda tirsagi bilan zarba berdi va ushbu holatda Rajaning tishi to‘kildi.

Shundan so‘ng shifokorlar yordamida Nainggolan uchrashuvning 64-daqiqasiga qadar to‘p surdi. Keyin uning o‘rniga Edin Jeko tushirildi. Uchrashuv esa 2:0 hisobida “Milan”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!