Nainggolan yana qadrdon jamoasiga qaytmoqda

  • 28 dekabr, 2020, 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Inter”da barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan yarim himoyachi Raja Nainggolan davralar oralig‘ida yana “Kalyari”ga qaytishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, sardiniyaliklar 32 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Nainggolan 2010-2014 yillarda “Kalyari” safida to‘p surgan. U o‘tgan mavsumni ham ijaraga asosida ushbu jamoada o‘tkazgan edi.

Raja Nainggolan joriy mavsum A Seriyada bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!