
"Naiza 51" turnirida 3 nafar O‘zbekiston vakili jang qiladi
Ertaga 26 may kuni Qozog‘istonning Almati shahrida "Naiza 51" turniri bo‘lib o‘tadi.
Ushbu jang kechasida 3 nafar hamyurtlarimiz ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.
84 kg:
Nodir Axatjonov - Begim Chernikov (Rossiya).
70 kg:
Sanjar Hakimov - Eduking Kastro (Braziliya).
57 kg:
Sardor Abulxairov - Extesham (Hindiston).
Aslida, yana bir yurtdoshimiz Sanjar Zokirov ham oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq, yurtdoshimiz vazn qila olmaganligi sababli jangi bekor bo‘ldi. Ushbu muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar