Namangandan gapiramiz: "Paxtakor"ga qarshi o‘yin uchun ajratilgan biletlar deyarli sotib bo‘lingan
Xabaringiz bor, bugun futbol bo‘yicha Pepsi Superliga bahslarining navbatdagi bosqichining dastlabki turi doirasida Namanganning "Navbahor" klubi o‘z maydonida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi.
SPORTS.uz ushbu o‘yinni stadiondan yoritishni maqsad qilgan. Muxbirimizning xabar berishicha, ayni paytda uchrashuv boshlanishiga hali 4 soat vaqt bo‘lishiga qaramasdan, jamoa o‘yini uchun ajratilgan biletlarning deyarli barchasi sotilib bo‘lgan.
Qayd etish lozim, uchrashuv soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar