
Naoya Inoue va Marlon Tapalesning kamaralarni birlashtiruvchi jangi sanasi ma’lum
"Yaponiyalik "Monstr" nomi bilan mashhur Naoya Inoue (25-0,22 KO) 26 dekabr kuni Yaponiyada WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda jurnalist Maykl Benson xabar berdi.
"Bob Arum menga Inoue va Tapales 26 dekabr kuni Yaponiyada birinchi yarim engil vazn (55,3 kg)toifasidagi barcha kamarlar uchun jang qilishiga ishonchi komil ekanligini aytdi", - deb yozdi Benson ijtimoiy tarmoqda.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Inoue joriy yilning iyul oyida Stiven Fultonni mag‘lub etib, ushbu vazndagi WBO va WBC chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi. 31 yoshli filippinik bokschi Marlon Tapales esa aprel oyida hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan va WBA hamda IBF kamarlarini o‘ziniki qilgan edi.
Fikrlar