"Napoli" - "Barselona" o‘yini oldidan Davron Fayziev: Shu rasmga mazza qildim (Foto)

  • 25.02.2020 18:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun EChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Napoli" - "Barselona" uchrashuvi o‘tkaziladi.

Tecno

Bellashuv oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev ushbu o‘yinga oid internetda o‘zini ta’sirlantirgan quyidagi rasm borasida telegramdagi sahifasida fikrlarini yozib qoldirdi.

EChL: "Napoli" va "Barselona"ning bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkiblari (Foto)

photo_2020-02-25_09-39-58

- Leo Messi birinchi bor Neapolga borib, San Paulo stadionida o‘yinga tushadi. "Napoli"da Argentina futbolining boshqa afsonasi Diego Maradona o‘zining eng yulduzli davrlarini o‘tkazgan.

Maradonani neapolliklar o‘z hamshaharlari Jordano Bruno, Enriko Karuzodan ham ko‘proq ardoqlashardi. Qani endi ko‘ramiz "Napoli" muxlislari Messini qandoq qarshi olishadi. Ular uchun sevimli Diegoning izdoshi va hamyurti sifatidami yoki futbol tarixidagi eng zo‘r argentinalik degan nom uchun kurashda Maradonaning raqobatchisi sifatidami?

Bu anons emas... Shunchaki rasmga mazza qildim, - dedi Davron Fayziev.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!