
"Napoli" afsonasi boshqa jamoaga o‘tadi!
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens mavsum oxirida klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Napoli" 34 yoshli belgiyalik futbolchiga hali yangi shartnoma taklif qilmagan, shuning uchun Mertens boshqa klublar bilan muzokara boshlashi mumkin.
"Napoli" Mertensni 2013 yilda PSV klubidan 9,48 million evroga sotib olgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida jami 388ta o‘yin o‘tkazib, 144ta gol urdi va 89ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joriy mavsumda hujumchi hisobida 28 ta o‘yin mavjud bo‘lib, u 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra futbolchining bahosi 5 mln evro.
Fikrlar