"Napoli" Allan borasida bir qarorga keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Napoli” yarim himoyachisi Allan faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi RMS Sport nashri.

Manbada keltirilishicha, “Napoli” klubi prezidenti Aurelio De Laurentis 28 yoshli futbolchini 100 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga sotib yubormoqchi. Braziliyalik Allan borasida PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular allaqachon taklif bilan chiqqan. Ayni vaqtda tomonlar muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Joriy mavsumda Allan “Napoli” safida barcha musobaqalarda 43ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!