
"Napoli" Arturni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur "Napoli"ga o‘tishi mumkin. Uni neapolliklar ijaraga olish ustida ishlamoqda. Ammo tomonlar hali kelishib olishgani yo‘q.
Manbalarga ko‘ra, shartnomada sotib olish bandi bo‘lmaydi va braziliyalik futbolchi kelasi yozda jamoa tarkibiga qaytib keladi. Uning turinliklar bilan tuzgan bitimi esa 2026 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz. Arturni "Yuventus" 2020 yilda 80 million evroga sotib olgan va shundan keyin ikki marta ijaraga berdi. "Liverpul" va "Fiorentina"da o‘ynagan yarim himoyachining ayni paytdagi narxi 15 million evro.
Fikrlar