
"Napoli" asosiy hujumchisi bilan kelishib oldi
Italiyalik hujumchi Lorentso Insine "Napoli" bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi va “Napoli” o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Endi tomonlar 3 yillik shartnomaga imzo qo‘yishsa bas.
Insine “Napoli” safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar