"Napoli" Bakayoko masalasida "Chelsi" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 03.10.2020 08:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" rahbariyati "Chelsi" himoyachisi Tiemue Bakayokoni joriy yozgi transferlar oynasi yopilguncha o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, A Seriya grandi 26 yoshli futbolchini sotib olish huquqisiz ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Ayni damda klublar bu borada muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Bakayoko o‘tgan mavsumning birinchi qismini "Milan"da, ikkinchi qismini esa "Monako"da ijarada o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!